Yangiliklar
Yangiliklar
2026-03-05
Mehnat daftarchasidagi xatolarni o‘zingiz tuzatishingiz mumkin!
❗️Mehnat daftarchangiz yoki ish stajingiz bo‘yicha xatoliklarni payqadingizmi? Uni o‘z vaqtida to‘g‘rilash juda muhim. Aks holda, kelajakda pensiya hisobiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
📱Endilikda barcha jarayonlarni my.gov.uz portali orqali onlayn amalga oshirish mumkin.
❓ Qanday holatlarda ariza beriladi?
⏺Siz ishlamagan tashkilot bilan shartnoma rasmiylashtirilgan bo‘lsa;
⏺Ruxsatingizsiz ma’lumotlar kiritilgan bo‘lsa;
⏺Mehnat faoliyatingizga oid ma’lumotlar xato aks ettirilgan bo‘lsa.
🧑💻 Jarayon juda oddiy: Portalga kirasiz 🗄 “Ma’lumotlarni tahrirlash” xizmatini tanlaysiz 🗄 kerakli tuzatishlarni kiritasiz 🗄arizani yuborasiz.
❗️ Xizmat mutlaqo bepul!