Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Asalari — yetti xazinaning biri

error

2026-01-26

Kasbi tumanining "G'alaba" mahallasida istiqomat qilayotgan Tursunpo'lat Alimov va oila a’zolarining asalarichilik sohasiga bo‘lgan qiziqishi ortib, bundan ikki yil oldin  ishni 4-5 quti asalarilarni parvarishlashdan boshlagandi.

– Asalari – yetti xazinaning biri. Uning asali, zahri, suti propolisi, gulchangi ko‘pgina xastaliklarga davo, uni parvarishlash va ko‘paytirishning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari, muammolari bor. Chunki, uyaning ko‘p qismini ishchi asalarilar tashkil etadi. Ishchi asalarilari uya asalari va uchadigan dala asalarilarga bo‘linadi. Bahor va kuzda, ya’ni tabiatda gulchangi va gulshira ko‘proq bo‘lganda ishchi asalarilar 40-45 kungacha yashay oladi. Shunga yarasha unga ham munosib shart-sharoit, ekologik toza muhit kerak. Ana shundagina parvarishlayotgan asalaringiz kutilgandek natija beradi. Hozirda asalarichilik ortidan mavsumida 100 milliondan oshiq daromad qilmoqdamiz, — deydi Tursunpo'lat Alimov (https://t.me/kasbitumanuz/7543?single).