Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Qarshi tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish o‘quv amaliy markazida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

error

2022-09-17

Qarshi tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish o‘quv amaliy markazida “Qashqadaryo viloyatida chorvachilikni rivojlantirish va naslchilik ishlarini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarga viloyat chorvachilikni rivojlantirish va naslchilik ishlari bilan shug‘ullanadigan еtakchi mutaxassislar, veterinar-vrachlar, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi, Qarshi shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi hamda Koson filiali xodimlari qatnashdilar.

O‘quv-amaliy seminarda Turkiya davlatidan tashrif buyurgan maslahatchi veterinar-murabbiy Rifat Badem ham o‘zining “Chorva mollarining biologik xususiyatlari. Morfologiya va fiziologiyasi. Chorvachilikda foydalanadigan еm-hashak turlari, ularning kimyoviy tarkibi va xususiyatlari” to‘g‘risidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.