Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi va sayyor qabul o‘tkazildi

error

2025-06-17

 Yarmarkada Qarshi shahrida faoliyat yuritayotgan 13 ta korxona va tashkilotlar jami 246 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.


🔹 Tadbirda 100 nafarga yaqin ishsiz fuqarolar qatnashdi: 


✔️ 7 nafar fuqaro ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi; 

✔️ 4 nafar ishsiz ayollar va yoshlar kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirildi; 

✔️ 8 nafar fuqaroga mehnat migratsiyasi bo‘yicha tushuntirishlar berildi; 

✔️ 6 nafarga mehnat qonunchiligi va imtiyozli kreditlar bo‘yicha maslahatlar taqdim etildi. 


🔹 Yarmarka yakunida Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i F. Muxammadiyev tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.