Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Qashqadaryoda tarvuz eksporti boshlandi

error

2025-05-22

🍉 Qashqadaryoda tarvuz eksporti boshlandi


📍Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida ko‘p yillardan buyon erta pishar tarvuz yetishtirib kelinmoqda. Bu yil ham hududda tarvuz odatdagidan oldin pishib yetildi. Har kuni dalalardan yig‘ib olinayotgan tarvuzlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Rossiya davlatlariga eksport qilinmoqda.


🍉 Joriy yilda tumanda tarvuz ekiladigan yer maydoni sezilarli darajada kengaytirilib, avvalgi 15 ming gektar o‘rniga 22 ming gektarga yetkazildi. Shundan 10 ming gektar maydonga “Dolbi” navli tarvuz ekildi. Mazkur nav suvsizlik va issiqqa chidamliligi, yuqori hosildorligi hamda eksportga yaroqliligi bilan boshqa tarvuz navlaridan ajralib turadi. Eng quvonarlisi, bu navdagi tarvuzlar oddiy turlarga nisbatan ancha erta pishadi.