Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-20
📍Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.Zaxidov Qashqadaryo viloyatida boʻlib, Ko‘kdala, Qamashi, Shahrisabz, Yakkabog‘ tumanlarida banklarning instrumentlari asosida tadbirkorlarga kredit mablagʻlari ajratilishi hamda mikroloyihalar orqali aholi daromadini oshirish va bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
🌱Shuningdek, aholi tomorqalari va uzoq muddatga ijaraga berilgan yer maydonlaridagi namunali loyihalarning bajarilishini koʻzdan kechirdi. Har bir tumanda “Bir kontur - bir mahsulot” tamoyili asosidagi mazkur loyihalarni izchil davom ettirish yuzasidan mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.
✅Tashrif davomida Qarshi shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda vazirlik mutasaddilari tomonidan tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganilib, huquqiy maslahatlar berildi.