Yangiliklar
Yangiliklar
2024-10-04
▪️Mehnat kodeksining 4-moddasiga muvofiq, jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, mansab mavqei, yashash joyi, dinga boʻlgan munosabati, eʼtiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa jihatlariga qarab biror-bir toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, hamda imtiyozlar berish kamsitishdir.
▪️ Mehnat sohasida oʻzini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitilish fakti ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi, shu jumladan kamsitishni bartaraf etish hamda oʻziga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.