Yangiliklar
Yangiliklar
2024-10-03
“Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-143-son, 23.09.2024-y.) eʼlon qilindi
▪️ Unda 2024-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.
▪️Kambagʻallikni qisqartirish sohasida erishilgan ijobiy natijalar va toʻplangan milliy tajriba hamda ilgʻor xalqaro amaliyot asosida har bir fuqaroni oʻzi va farzandlari kelajagi uchun masʼuliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshiriladi hamda dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.