Yangiliklar
Yangiliklar
2024-09-11
Davlatimiz rahbari kambagʼallikka tushish sabablari har xil ekan, yechimi ham alohida-alohida boʼlishi kerakligini koʼrsatib oʼtdi.
Hozirda kambagʼallikni qisqartirish boʼyicha keyingi yillar uchun juda katta “Kambagʼallikdan farovonlik sari” dasturi tayyorlanayotgani maʼlum qilindi.
Unda yettita imkoniyat va masʼuliyat tamoyili asosida Oʼzbekistonning navbatdagi yangi yondashuvlari belgilab beriladi.
Bundan buyon kambagʼallikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi.
Mutasaddilarga har bir mahallani toʼliq xatlovdan oʼtkazib, ulardagi “kambagʼal oilalar portreti”ni ishlab chiqish topshirildi. Kambagʼal oila boʼyicha individual dastur boʼladi, har bir vazirlikning aniq vazifasi koʼrsatiladi.
Iqtisodiy kompleks – J.Qoʼchqorov tizimi oilalarni kambagʼallikdan olib chiqish bilan shugʼullansa, ijtimoiy himoya – M.Olloyorov tizimi kimni reestrga kiritish, qaysi oilani undan chiqarishga javob berishi belgilandi.