Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining MATBUOT XIZMATI

error

2024-09-11

Prezident topshirigʼiga koʼra, mutasaddilar masalani ichiga chuqurroq kirdi, eng ogʼir mahalladagi nochor oilalarga borib, nimaga koʼproq eʼtibor berish kerakligini oʼrgandi. 

Bu masalada savdo, servis, toʼqimachilik, tibbiyot, ovqatlanish, qurilish, kasanachilik, elektrotexnika, transport sohasi tadbirkorlari bilan aniq muhokamalar oʼtkazildi.

Oʼrganishlar kambagʼallikni faqat pul tarqatish bilan hal qilib boʼlmasligini koʼrsatmoqda.

Hozirda 3-5 million soʼmgacha oylik beraman degan korxonalarda 250 mingta boʼsh ish oʼrni bor. Lekin, kambagʼal oilani 35 foiz ishga layoqatli aʼzolarida bilim va koʼnikma kam.

Bola parvarishi bilan band boʼlgani uchun ishlash xohishi boʼlgan ayollarning 43 foizi ishga bora olmayapti.

Kambagʼal oilalarning 83 foizida katta tomorqa bor. Lekin, ularning 62 foizida – suv, 48 foizida – elektr muammosi bor, yana 50 foizi markazdagi bozorga borishga qiynalmoqda.