Yangiliklar
Yangiliklar
2024-09-11
Prezident kambagʼallikni qisqartirish boʼyicha ishlar ahvoli hamma viloyat va tumanda ham bir xil emasligini koʼrsatib oʼtdi.
Masalan, oʼtgan olti oyda Аndijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda kambagʼallik 2 foizdan ortiq kamaygan boʼlsa, Navoiy, Surxondaryo, Fargʼona va Toshkent shahrida oʼzgarish boʼlmagan.
Respublikaning 15 ta tumanida kambagʼallik 20 foizdan yuqori. Bular – Аmudaryo, Beruniy, Qonlikoʼl, Nukus, Taxtakoʼpir, Xoʼjayli, Chimboy, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba, Gurlan, Yangiariq, Yangibozor va Tuproqqalʼa.Bu tumanlarda kambagʼallikni qisqartirish uchun uch yilda 1,7 trillion soʼmlik arzon kredit va subsidiya berilgan boʼlsada, oʼzgarish boʼlmagan.
Аholiga boʼlib berilgan yerlar boʼyicha 17 ta tumanda 2-3 martadan hosil olish hisobiga kambagʼallik 2 karra kamaydi. Bular – Paxtaobod, Baliqchi, Gurlan, Xonqa, Oltiariq, Dangʼara, Konimex, Boyovut, Jomboy, Shofirkon, Sh.Rashidov, Zomin, Shahrisabz, Bandixon, Oʼrtachirchiq, Boʼka, Taxiatosh tumanlari.
Lekin, 14 ta tuman – Qonlikoʼl, Shumanay, Qorovulbozor, Peshku, Chiroqchi, Muborak, Nurobod, Oqoltin, Muzrabot, Bandixon, Qiziriq, Ohangaron, Parkent, Tuproqqalʼada oʼzgarish sezilmayapti.
Tuman hokimlari, ularning iqtisodiyot va qishloq xoʼjaligi boʼyicha oʼrinbosarlariga bu boradagi faoliyati sustligi boʼyicha qatʼiy eʼtiroz bildirildi.