Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Hokim yordamchilarining tavsiyasi asosida imtiyozli kredit olib tadbirkorligini yo’lga qo’ygan hamda faoliyatini kengaytirish istagidagi fuqarolarga amaliy ko’mak beriladigan bo’ldi

error

2024-08-19

Hokim yordamchilarining tavsiyasi asosida imtiyozli kredit olib tadbirkorligini yo’lga qo’ygan hamda faoliyatini kengaytirish istagidagi fuqarolarga amaliy ko’mak beriladigan bo’ldi


Qashqadaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i Qamashi tumani "Chim" mahallasidagi hokim yordachisining ko'magi bilan tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan "Jamshid oilaviy korxonasi" (eshik va romlar ishlab chiqarish sexi) hamda "Islombek oilaviy korxonasi" (avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish) faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


✅Hozirgi kunda usta hunarmandlarning 5 nafardan ortiq shogirdlari bo‘lib, oylik daromadi 80 mln so‘mdan oshmoqda.


✅"Islombek oilaviy korxonasi" rahbari Xushvaqtov Islombek ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida zarur texnikalar xaridi uchun amaliy yordam so‘radi.


✅PQ 306-sonli qarorga  (https://www.lex.uz/uz/docs/-6609110)asosan, 100 million so'm miqdoridagi imtiyozli kredit ajratilishida boshqarma tomonidan amaliy ko’mak beriladigan bo'ldi.


Boshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️

🌍Web-sayt| (https://qashqadaryo.mehnat.uz/oz/news/20) ✅Telegram (https://t.me/Qashqadaryodabandlikyangiliklari)