Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri davom ettirildi.

error

2022-08-18

✅ Joriy yilning 17 avgust kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Qashqadaryo viloyati filiali hamda  Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

✅ Ushbu tadbirda Qashqadaryo viloyat Bandlik bosh boshqarmasi,  Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat SSB hamda viloyat avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi xodimlari  ishtirok etdilar.


✅ Tadbirda agentlikning Qashqadaryo viloyati filiali ma’sul xodimi F.Ochilov tomonidan davlat xizmatchilarining huquq va erkinliklari va Qonunda belgilangan majburiyatlar borasida fikr va mulohazalar bildirib o‘tildi. 


✅ Tadbir so’ngida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar.