Yangiliklar
Yangiliklar
2024-05-26
Rossiya Federatsiyasi Nijniy Novgorot viloyati delegatsiyasi mehnat migratsiya sohasini kengaytirish maqsadida Qashqadaryoga tashrif buyirdi.
Nijniy Novgorot viloyati "Mintaqaviy ishga qabul qilish agentligi" bosh direktori o'rinbosari A.Shennikov boshchiligida delegatsiyasi a'zolari "Volga" OAJ, "Nizhegorodskiy" TK, "Elite Stroy" MChJ, "Russkoe Pole" MChJ ma'sullari ishtirokida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha Qarshi shahridagi "Ishga marhamat" monomarkaziga tashrif buyurdi.
Fuqarolarimizni Rossiyada xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun keng imkoniyat yaratish maqsadida muzokaralar o'tkazildi.
Tadbirda Rossiyada ishlash istagida bo'lgan 250 nafardan ortiq fuqarolarimiz qatnashdi. U yerda migrantlarga yaratilgan shart sharoitlar haqida o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.