Yangiliklar
Yangiliklar
2024-05-24
Germaniyaga Qashqadaryo viloyat fuqarolarni o'qish va ishga jalb qilish bo‘yicha “ConsultingUZ” kompaniyasi bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Germaniya Federativ Respublikasining “ConsultingUZ” kompaniyasi bilan imzolangan hamkorlik shartnomasiga asosan O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya davlatiga mehnat faoliyati hamda Ausbilding-dual ta’lim orqali ish bilan ta’minlash bo‘yicha “ConsultingUZ” kompaniyasi rahbari O.Ahmadaliyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida “ConsultingUZ” kompaniyasi rahbari O.Ahmadaliyev, Agentlikning Qashqadaryo viloyati filiali boshlig'i B.Bozarov, Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig'i O.Mavlonov hamda Yoshlar ishlar agentligi viloyat boshqarmasi boshligi U.Sultonov boshchiligida viloyat hududidagi oliy ta'lim muassalari bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.