Qarshi shahar Aholi Bandligiga koʻmaklashish markazi maʼsul xodimlari J.Bozorov hamda Y.Dilshodovalar tomonidan Qarshi shahrida faoliyat yuritayotgan tashkilot va korxonalarning kadrlar boʻyicha mutaxassis xodimlariga
“Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy apparat kompleksi” dasturi boʻyicha Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida oʻquv seminari tashkil etildi.
Oʻquv seminarini tashkil etishdan maqsad;
- “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
- elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari bilan tanishtirish va faoliyat yuritish;
“YaMMT” IDAKda ro‘yxatdan o‘tish uchun ish beruvchi my.mehnat.uz elektron manziliga o‘tishi va “Elektron hukumat” tizimining foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tishi boʻyicha tushunchalar berildi.