Yangiliklar
Yangiliklar
2024-04-08
Prezident Farmoniga asosan xorijga vaqtincha ishlash uchun ketayotgan yurtdoshlarimizning imtihon, viza hamda yo‘l chiptasi xarajatlari qoplab beriladi
2024-yil 1-iyundan boshlab "Xorijda ish" mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:
xorijiy tillar va kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda BHMning 3 baravarigacha;
"Ishchi viza" ni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun BHMning 5 baravarigacha;
Yo‘l chiptasi uchun BHMning 2 baravarigacha miqdorda kompensatsiya to‘lanadi.