Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Qashqadaryoda quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 75 Mvt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimi barpo etiladi

error

2024-03-27

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qaroriga (https://lex.uz/docs/6839776) ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 75 MVt bo‘lgan elektr saqlash tizimi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va boshqarish loyihasi amalga oshiriladi.

Qarorga ko‘ra, quyosh fotoelektr stansiyasini va elektr energiyasini saqlash tizimini qurish bilan bogʻliq qurilish va yer ishlarini bajarish, bino va inshootlar poydevorini loyihalashtirish normalari va qoidalari xalqaro standartlar bilan tartibga solinadi.

Ma’lumot o‘rnida, tumanimiz hududida ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha BAAning "Masdar" kompaniyasi vakillari o‘rganish olib borgan edi.