Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

2024-yilda Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

error

2024-02-14


✅Buyuk Britaniyada mavsumiy qishloq xo'jaligi sohasida ishlash istagidagi nomzodlar 17-fevral soat 9:00 dan 18:00 gacha “Labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.


📌Nomzodlar uchun muhim ma'lumotlar:


1️⃣ 18 yoshdan 45 yoshgacha bo'lish. 

2️⃣ 2024-yil iyun-dekabr oylarida ishga joylashtirish rejalashtirilgan.

3️⃣ 2023-yil 10-11-noyabr (https://t.me/migratsiyaagentligi/12464) kunlari ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarga ushbu tanlovda qatnashish tavsiya etilmaydi.

4️⃣ Ro'yxatdan o'tishda @gmail.com bilan yakunlanuvchi elektron pochta va +998 bilan boshlanuvchi xalqaro telefon kodi bilan raqamlarini ko‘rsatish, xorijga chiqish pasporti bo‘lishi va barcha ma’lumotlar ushbu pasportdagidek lotin harflarida kiritlishi shart (aks holda nomzod keyingi bosqichga qo‘yilmaydi).


📞 Murojaat uchun: 71 202 33 55 yoki 1282 qisqa raqami