Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

“Oltin boshoq” mahallasidagi xizmatlari uchun “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishonlari topshirildi

error

2023-12-12

“Oltin boshoq” mahallasidagi xizmatlari uchun “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishonlari topshirildi

“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida “Oltin boshoq” mahallasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlarda faollik ko‘rsatib, hudud obodligi, yashil makonni kengaytirish, mahallaning meʼmoriy qiyofasini tubdan o‘zgarishiga qo‘shgan xizmatlari uchun O‘zbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri buyrug‘i bilan quyidagilar “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi:

Maksudov Sherzod Hayotovich – Administratsiya ishchi guruhi aʼzosi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bosh mutaxassisi;

Sattorov Firdavs Ziyodullayevich – Qashqadaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri.

Nishonlarni tuman hokimi Fayzullo G’ulomov va prokuror Sardor Nazarovlar topshirib, ularga to‘n kiydirishdi.