Yangiliklar
Yangiliklar
2023-12-01
Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi va Qashqadaryo viloyati Nogironlar Assotsiatsiyasi tomonidan ijtimoiy sherikchilik asosida Qarshi shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida Nogironligi bor shaxslar huquqlarini himoya qilish va ularni qonuniy manfaatlarini ta'minlashga qaratildigan simenar tashkil etildi.
Shu bilan birga, bugun Nogironlar Assotsiatsiyasiga a'zo bo'lgan tashkilotlarga a'zolik guvohnomalari topshirildi.
Hurmatli Prezidentimiz tomonidan Nogironligi bor shaxslarga juda ham katta e'tibor qaratilmoqda, mana shunday ezgu amallarga o'z hissamizni qo'shib kelayotganligimizdan biz g'oyat mamnunmiz.
So'ng mehmonlarga Monomarkaz faoliyati va yaratilgan sharoitlar tanishtirib o'tildi.
Shu jarayonda Monomarkazning "Kadrlar bo'yicha mutaxassis" kasbini tamomlagan nogironligi bo'lgan M.Hamroyeva va M.Xudayberdiyevalarga sertifikatlar topshirildi.