Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

G‘uzorda kasanachilik asosida xotin-qizlar bandligi taʼminlandi

error

2023-11-20

Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 22 iyuldagi 307-sonli qarori asosida hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan G‘uzor tumanidagi ishsiz xotin-qizlar bandligi taʼminlandi.

Xususan, ushbu qarorga asosan “SAXOVAT TEXTIL-000” MCHJ hisobiga subsidiya ajratilib, "Ayollar daftari" va "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"da bo‘lgan ishsiz 48 nafar xotin-qizlarga tikuvchilik dastgohlari va gazlamalar berildi.

Endilikda fuqarolar berilgan dastgoh va gazlamalardan maqsadli foydalanib, o‘zini-o‘zi band qilgan holda oilasiga qо‘shimcha daromad keltirishadi.