Yangiliklar
Yangiliklar
2023-10-17
Subsidiya kimlar uchun ajratiladi?
– Аholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan subsidiyalar kimlar uchun ajratiladi?
Savolga Qashqadaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi mutaxassisi Dilnoza Ko'charova javob beradi:
Vazirlar mahkamasining 2022-yil 11-maydagi 252-sonli qaroriga asosan:
-tadbirkorlik va oʼzini-oʼzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʼlgan ishsiz, shu jumladan, «Temir daftar», «Аyollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga kerak boʼlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish hamda bino va inshootning ijara toʼlovi uchun subsidiyalar ajratish tartibi ko'zda tutilgan.