Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Hududlarda kasbiy ta’limga yo‘naltirilgan aholining 74 114 nafari Vazirlik tasarrufidagi o‘quv markazlarida, 16125 nafari vazirliik tizimida bo‘lmagan davlat muassasalarida, 10 914 nafari nodavlat ta’lim muassasalarida hamda 9532 nafari ustoz-shogird an’analariga muvofiq ta’lim olgan.

error

2023-10-13

🟢Hududlarda kasbiy ta’limga yo‘naltirilgan aholining 74 114 nafari Vazirlik tasarrufidagi o‘quv markazlarida, 16125 nafari  vazirliik tizimida bo‘lmagan davlat muassasalarida, 10 914 nafari nodavlat ta’lim muassasalarida hamda 9532 nafari ustoz-shogird an’analariga muvofiq ta’lim olgan.


🟢Kasb-hunar o‘rganuvchilarning 32 871 nafari hozirgi kunda o‘qish jarayonini davom ettirayotgan bo‘lib, 66 133 nafari ta’lim olishni o‘z yakuniga yetkazgan. Biroq oilaviy, intizomiy va boshqa turli sabablarga ko‘ra tahsil oluvchilarning 11 683 nafari o‘qishdan chetlashtirilgan.


➡️Malumot uchun: “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq 2030-yilgacha ishga joylashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan kelishuvlar sonini 30 taga oshirilib, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kasb-hunarga va chet tillariga o‘qitish doirasida 2 mingta xorijiy kompaniyalar bilan kasbga o‘qitish va ish bilan ta’minlash tizimi tashkil qilinadi. Qolaversa, ijtimoiy sheriklik asosida 500 ming malakali mutaxassis tayyorlash va bunga har yili kamida 1 milliard AQSH dollari miqdorida sarmoya yo‘naltiriladi.