Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Germaniyaga quyidagi sohalarda ishga taklif etiladi

error

2023-09-21

➡️ payvandchi;
➡️ muhandis-mexanik;
➡️ sanoat mexanigi; 
➡️ mexatronika muhandisi; 
➡️ ombor logistikasi;
➡️ metal texnologiyasi muhandisi.
✔️Nomzodlar uchun imkoniyatlar:
💶 Oylik maosh 2 420 € dan boshlanadi;
✔️ O‘zbekistondan Germaniyaga aviachipta va transfer ish beruvchi hisobidan;
✔️ arzonlashtirilgan yashash joy topishga ko‘maklashiladi;
🧭 haftasiga 40 soat ish.
❗️Nomzodlar uchun talablar:
- 45 yoshgacha;
- Nemis tilidan Gyote yoki ECL dan olingan A2 sertifikat (A1 sertifikatiga ega nomzodlar ham ro’yxatdan o’tib, tanlab olinib, viza olinishiga qadar A2 sertifikat taqdim etishi lozim);
- Sanoat mexanigi, mexatronika texnigi, metal texnologiyasi bo‘yicha mutaxassis, maxsus ombor xodimi, qishloq xo‘jaligi va texnikasi mexanigi/mexatronika texnika kabi sohalarda kasbiy ta’lim va o‘rta maxsus taʼlim diplomi;
- Avtomobilsozlik, mashinasozlik, agrar xo‘jaligi mashinasozligi texnik yo‘nalishida bakalavr diplomi;
- Sohada kamida bir yillik tajriba;
- Sudlanmagan;
- Jismonan sog‘lom.
❗️Eslatma: Qishloq xo‘jaligi yoki qurilish texnikasi sanoati va sanoat logistikasi hamda gidravlika yoki elektron komponentlarni yig‘ish, forkliftlarni (stapler) haydash tajribasiga ega nomzodlar uchun ustunlik beriladi.
📝Nomzodlar quyidagi hujjatlarni yuklagan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:
✔️Xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
✔️Kollej, texnikum yoki bakalavr diplomi (pdf shaklda);
✔️Nemis tilini bilish sertifikati (pdf shaklda);
✔️Sudlanmaganlik tog‘risida tasdiqnoma (pdf shaklda);
✔️Tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
 (https://forms.gle/PB4PgGPAScMLg41n6)☎️ +998 71 202-33-55 (ichki raqam 66).