Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Respublika ishchi guruhi vakili ishtirokida Nishon tumanida fuqarolarning murojaatlari tinglandi

error

2023-09-08

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi, Respublika ishchi guruhi vakili Botir Parpiyev Nishon tumanida bo‘lib, fuqarolarning murojaatlarini tingladi.


Xususan, Nishon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan xalq bilan yuzma-yuz uchrashuvda tuman hokimi Muxtor Xayitmurodov, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi hamda mahalla beshligi ishtirok etdi.


Sayyor qabulda asosiy masala tadbirkorlik uchun kredit ajratish, uy-joyini taʼmirlash, davolanish uchun moddiy yordam va tibbiy xizmatni yaxshilash borasida bo‘ldi.