Yangiliklar
Yangiliklar
2023-08-31
O'zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatida "Mehnat kodeksining ish beruvchilar va yollanma ishchilar ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini takomillashtirishdagi o'rni" mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Bahodir Umurzoqov, O'zbekiston Ish beruvchilar konfederatsiyasi ijrochi direktori Eka Margishvili, Qashqadaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i Rustam G’afurov ishtirok etdi.
Davra suhbati doirasida milliy mehnat qonunchiligidagi asosiy o‘zgarishlar, mehnat munosabatlarini tartibga solinishining yangi mexanizmlari, shuningdek, yangi Mehnat kodeksiga muvofiq joriy etilgan mehnat standartlari taqdim etildi.