Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Kitob tumanida mahalladagi hokim yordamchisi ko'magida yana bir xonadon doimiy daromadga ega bo'ldi

error

2023-08-15

Kitob tumanining "Mustaqillik" MFY da istiqomat qiluvchi Norbibi Xidirova gulchilik sohasidagi bilimlariga tayanib, mazkur soha orqali daromad olish istagi bilan mahalladagi hokim yordamchisi Azamat Suvonovga murojaat qilgani hamda unga zaruriy mablag' imtiyozli kredit sifatida ajratilganiga hamda o'z xonadonida 1 sotixli issiqxona qurilganiga hali bir yil ham bo'lgani yo'q.


Ta'kidlanishicha, gulchi opa bahor oyida gul ko'chatlari ortidan 30 million so'm daromad qilgan. Bundan tashqari kuz mavsumi uchun ham navbatdagi nihollar to'plami tayyorlanmoqda. Ayni kunda issiqxonada 10 dan ortiq gul ko'chatlari yetishtirilmoqda.